Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilayotgan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusidagi navbatdagi o‘quv-seminarida vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklardagi monopoliyaga qarshi komplayens tizimiga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Unda asosiy e’tibor qonunchilik hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat xaridlarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratildi.
USHBU TADBIRDA JAMOATCHILIK KENGASHI AʼZOLARI ISHTIROK ETISHDI