O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatda fuqaro 2020-yilda uy olish shartnoma asosida uyni bir yil ichida qurish sharti bilan “Farovon binokor servis” MChJ ga 34 750 000 so‘m mablag‘ni boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lagan. Jamiyat tomonidan uyni 2023-yilda ham qurib bitkizilmaganligi uchun fuqaro 34 750 000 so‘m mablag‘ni qaytarib berish bo‘yicha ariza bergan. Jamiyat tomonidan fuqaro arizasiga asosan to‘lagan boshlang‘ich mablag‘ni 2023-yil 20-sentabr kuniga qadar to‘lab berishini kafolatlanishi ma’lum qilgan bo‘lsada ushbu muddatda to‘lamaganligi uchun ushbu mablag‘ni olib berilishida fuqaro Raqobat qo‘mitasidan amaliy yordam so‘ralgan.
Fuqaro murojaati hududiy boshqarma xodimlari tomonidan o‘rganilganda, iste’molchining ushbu e’tirozi o‘rinli ekanligi aniqlandi. O‘rganish davomida, tadbirkorga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasida agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Amalga oshirilgan ishlari natijasida, “Farovon binokor servis” MChJ tomonidan fuqaroga uy olish uchun to‘langan 34 750 000 so‘m boshlang‘ich mablag‘ni qaytarib berdi.