UMRA TADBIRLARINI TASHKIL ETISHGA OID REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORALAR KO‘RILDI
Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona, Andijon va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Umra” tadbirlariga oid reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi.
☑️ Farg‘ona viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida fuqaro X.S o‘zining “Umra” Telegram sahifasida tegishli litsenziya va ruxsatnomalarsiz safar xizmatlariga oid reklamalar tarqatganlik holatlari aniqlandi.
Holbuki, amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, litsenziya va maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmatlarni hujjatlarsiz reklama qilish qat’iyan taqiqlanadi deb belgilangan.
Yuqorida, aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘rishi bo‘yicha ma’lumotlar sudga yuborildi.
☑️ Andijon viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida “ABU ZUBAYR TREVEL” MCHJ litsenziya va ruxsatnomalarsiz “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ularni keng targ‘ib etganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan yuzasidan “ABU ZUBAYR TREVEL” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.
☑️ Buxoro viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan tahlillarda “SOKIN TURIZM BUKHARA” MCHJ tomonidan ham tegishli litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda “Umra” tadbirlariga oid reklamalar tarqatilgani aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma komissiyasi tomonidan yuzasidan “SOKIN TURIZM BUKHARA” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi. Raqobat qo‘mitasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga eslatadi: litsenziya yoki maxsus ruxsatnoma talab etiluvchi xizmat va mahsulotlarni hujjatlarsiz reklama qilish qonunbuzilish hisoblanadi.
🔘Norasmiy reklama iste’molchilarni chalg‘itishi va insofsiz raqobatga olib kelishi mumkin.
🔘Qonunga zid holatlarda moliyaviy jarima va boshqa huquqiy choralar qo‘llanishiga olib keladi.
🔘Barcha fuqarolar va tadbirkorlardan reklamada qonun talablariga qat’iy rioya etishni so‘raymiz.