Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarni “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi:
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:
—Farg‘ona shahrida yashovchi Raxmatullayev Abubakirsiddiq Abdurasulovichga tegishli «Umra Safari 2025» telegram tarmog‘i;
—Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro Odiljonov Muxammadyusuf G‘ayratjon o‘g‘liga tegishli bo‘lgan «Saudiyaga Sayohat Muhammadyusuf» telegram tarmog‘i;
—Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro Raximov Abdulvoxid Abdusattorovichga tegishli «Makka Madina Sayohat» telegram tarmoqlarida litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilgan.
Kanal boshqaruvchilariga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ishlar qo‘zg‘atilib, tegishli hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.
Shu bilan birgalikda, litsenziyaga ega bo‘lmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi. Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.