Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallar “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid reklamalarning qonuniyligi o‘rganildi:
O‘rganishlar natijasida, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 4 ta («Nature Travel», «Muslim Fayzi Obod», «Al-Bukhayr Travel Tours», «Naqqosh Tour» MChJ) turoperatorlar tomonidan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirilganligi va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 11 ta («Al Qaswa Ihlos», «Umra qumtepa», «Marg’ilon Umra ziyorati», «Farg’ona Umra 2022», «Fayz Turizm», «Ziyorotul_Umra», «Sux_Haj Umra ziyorati», «Buxoriy Tour», «Yuksak Travel Farg’ona Umra») telegram kanallari ma’murlari hamda «Emir Voyega» MChJ tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Qo‘mita tomonidan reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.