O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 7-chi yig‘ilish tadbirlari doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Joriy yilning 25-26 dekabr kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlarda raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida hamkorliklar, tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda ilmiy izlanma va tadqiqotlarni qo‘llash va raqobat siyosatini yana-da takomillashtirishning yangi yo‘nalishlari va iqtisodiy konsentratsiya bitimlarining transchegaraviy tarzda raqobatga taʼsirini baholashda sohasida qo‘shma tahlillar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi va Turkiya Raqobat organi o‘rtasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangani ushbu sohadaga o‘zaro hamkorliklar uchun katta qadamlardan bo‘ldi.
Shu bilan birga uchrashuvlar davomida:
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Turkiy davlatlar Raqobat kengashini tuzish va ushbu Kengashni tashkil etish masalalari yuzasidan aʼzo davlatlarning Raqobat organlari yig‘ilishini o‘tkazish;
Raqobat qo‘mitasi hamda Turkiya Raqobat organi o‘rtasida imzolangan Memorandum ijrosini taʼminlash bo‘yicha 2024-2025 yillarda o‘zaro hamkorlik qilish va tajriba almashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
Turkiya Raqobat organi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish amaliyotlarda Qo‘mita xodimlarining ishtirok etishini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilinib, tegishli tashkiliy ishlar belgilab olindi.