“Toshkent metropoliteni” xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUK xodimlari uchun raqobat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv kursi Qo‘mita va Markazning yetakchi ekspertlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi.
Markaz tomonidan tashkil etilayotgan bunday o‘quv kurslar soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, raqobat siyosatini hayotga tatbiq etishda tizimli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kurs yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi