FUQARODAN SAVOL:
– To‘lovlar amalga oshirilgan, ammo xonadonim elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Korxonaga murojaat qildim, rejaviy uzilgan ekan. Shu haqida ma’lumot bersangiz.
MUTAXASSIS JAVOBI:
– Rejali uzib qo‘yish— agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali–ogohlantirish ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish.