Xalqaro konferensiyaning ikkinchi yarmi ham qizg‘in ruhda davom etmoqda. Ishtirokchilardan yana biri o‘z ma’ruzasi davomida «… bugungi kunda deyarli barcha sohalarda raqobatni ta’minlash eng muhim kun tartibimizdagi masalaga aylangan, Vengriya Raqobat organi bu borada ko‘plab yangi tajribalarni qo‘llab kelmoqda. O‘ylaymizki, O‘zbekiston Raqobat organi bilan ham ushbu sohada hamkorligimizni rivojlantiramiz»- deb ta’kidlab o‘tdi Yevropa Ittifoqidan Vengriya Raqobat organi eksperti Ishtvan Xantoshi.
Eslatib o‘tamiz, konferensiyada Germaniya, Turkiya, Ruminiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Qirg‘iziston, Hindiston, Belarus, Armaniston kabi davlatlardan yuqori nufuzli ekspert mutaxassislar ishtirok etmoqda.