TEMIRYO‘LDA YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATLARI BO‘YICHA QO‘MITA CHIQARGAN QAROR SUD INSTANSIYALARI TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI VA QONUNBUZILISh HOLATI BARTARAF ETILDI
Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra (https://t.me/RaqobatGovUz/9151), «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ tomonidan sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchidan ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.
Qo‘mita mazkur jamiyatlarga
🔘Ortiqcha undirilgan pullarni iste’molchilarga qaytarish;
🔘qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish;
🔘kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Xususan, ushbu xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar Qo‘mita qarori yuzasidan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilishgan.
Biroq, bir necha sud instansiyalarining hal qiluv qarorlari bilan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJlarning arizalarini qanoatlantirish rad qilinib, Qo‘mita Maxsus komissiyasining qarori va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarishi va moliyaviy jarima to‘lashi belgilandi.