O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi.
Ashurov Jaxongir A’zamovich – Samarqand viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari –Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va r
eklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi.
Ashurov Jaxongir A’zamovich – 1982-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug’ilgan. 2001-2005-yillar davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi bo‘lgan.
Mehnat faoliyati davomida:
2004-2007-yy. – Samarqand shahar 1-son maktabgacha ta’lim muassasasi bosh hisobchisi
2007-2007-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi budjetni jamlash bo’limi bosh iqtisodchisi
2007-2013-yy. – Samarqand shahar 1-son maktabgacha ta’lim muassasasi bosh hisobchisi
2013-2013-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish sektori hisobchisi
2013-2014-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi iqtisodiyot xarajatlarni moliyalashtirish va monitoring qilish bo’limi bosh mutaxassisi
2014-2016-yy. – O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
2016-2017-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi iqtisodiy xarajatlarni moliyalashtirish va monitoring qilish bo’limi bosh mutaxassisi
2017-2018-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo’yicha mudir o’rinbosari – sho’ba mudiri
2018-2019-yy. – Samarqand shahar hokimligi moliya bo’limi Budjetning daromad bazasini mustahkamlash va budjetlararo munosabatlar bo’limi bosh mutaxasissi
2019-2020-yy. – Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati birinchi darajali mutaxassisi
2020-2022-yy. – Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi