Taraqqiyot strategiyasining 5-ustuvor yo‘nalishi – “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish” yoʻnalishida Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan (71-maqsad).
Bugungi yoshlarni malakali, har tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishishida ularga tavsiyalar berish, uchrashuvlar o‘tkazib to‘g‘ri yo‘nalish berish muhim hisoblanadi.
Raqobat qo‘mitasi rais maslahatchisi G.Qodirova 21-may kuni O`zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashuvda ularning kelgusi faoliyatlarida zarur bo‘lgan foydali tavsiyalarni berdi.