Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasiga “JOMBOY PARXEZ TAOM” MCHJning murojaati asosida Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyi amalga oshirgan davlat xaridlari qonuniyligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganishlarda buyurtmachi tomonidan “etender,uzex,uz” elektron tizimida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan tayyor issiq ovqat bo‘yicha autsorsing xizmatini ko‘rsatish uchun amalga oshirilgan davlat xaridlarida savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablarini buzish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga (Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litseyi) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi va mas’ullarga tegishli choralar ko‘rildi.