Ipoteka kreditlash koʻlamini yanada kengaytirish, xususiy pudratchilarni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uy-joy sharoitlari, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarini urbanizatsiya jarayonini jadallashtirishda kam taʼminlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditlash mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” 2019-yilning 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni imzolangan.
Ushbu Farmonning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi oʻtkaziladigan elektron auksion va tanlov savdolari ishtirokchilarining raqobatga qarshi xatti-harakatlarining oldini olish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni qurish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarda uy-joy sotib oluvchilarning huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishi belgilangan.
Ushbu Farmonga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash uchun oʻtkaziladigan elektron onlayn auksion savdolari jarayonida raqobatga qarshi xatti-harakatlar sodir etilgan boʻlsa, koʻp kvartirali uylarni qurish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarda huquqlaringiz cheklanayotgan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalariga, shuningdek Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat eting.
Murojaat uchun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining manzil va telefon raqamlari:
100128, Toshkent shahri, Labzak koʻchasi 3 uy
Telefon raqamlar: (71) 207-47-00, 207-48-00;
Elektron manzil: info@antimon.gov.uz;
Veb sayt: www.antimon.gov.uz.
Isteʼmolchilar huquqlarini ximoya qilish agentligining manzil va telefon raqamlari:
100128, Toshkent sh., Labzak 3
Yagona raqam: (+998 71) 207-46-00;
Devonxona: (+998 71) 241-22-53;
Ishonch telefoni: 1159 (71-207-47-07);
e-mail: info@consumer.uz.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati