Xabaringiz bor, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq «Biz sizni eshitamiz» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
Mutasaddi vazirlik va idoralar, reklama bozorining yirik subyektlari, tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) egalari, reklama agentliklari, reklama beruvchi va tarqatuvchilar, ommaviy axborot vositalari ishtirokida “Reklama bozorini rivojlantirishning yangi bosqichlari” mavzusida davra suhbati o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan biz reklama bozori ishtirokchilarini ushbu muloqot uchrashuvida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Vaqti: 2023-yil 11-sentabr kuni soat 15:00 da.
Manzil: “INNO” Texnopark binosida (Olmazor t., Qamarniso k., 8/1-uy)