➡️ Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq «Biz sizni eshitamiz» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.
📌 Qo‘mita tomonidan “Biz sizni eshitamiz!” loyihasi doirasida respublikamizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari bozorida xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan sohaga oid olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish maqsadida “ochiq muloqot” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
💼 Shu munosabat bilan biz qurilish materiallari mahsulotlari bozori ishtirokchilarini ushbu muloqot uchrashuvida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
👉 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish
📅 Vaqti: 2023-yil 15-sentabr kuni soat 09:00 da
📍 Manzil: Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (Panorama) (Toshkent shahari, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy)