TADBIRKORLAR VA MUSTAQIL EKSPERTLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “BIZ SIZNI ESHITAMIZ!” loyihasini boshlamoqda. Ushbu loyiha doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mavjud tizimli muammolarni muhokama qilish maqsadida mahalliy biznes vakillari, xorijiy investorlar va mustaqil ekspertlar bilan “aqliy hujum” ochiq muloqot tarzida qator uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Ilk muloqot uchrashuvi O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Raqamli bozorlarni (platformalarni) monopoliyaga qarshi tartibga solishga yondashuvlarni muhokama qilish” mavzusida tashkil etiladi va unda “Raqobat to‘g‘risida”gi yangi qonunning mazmun-mohiyati va uning raqamli bozorlarga tatbiq etilishi, raqobat siyosatidagi konseptual o‘zgarishlar, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud tizimli muammolar muhokama qilinadi.
Shu munosabat bilan biz raqamli bozorlar ishtirokchilarini ushbu muloqot uchrashuvida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Vaqti: 2023-yil 11-avgust, soat 9:30 dan 13:00 gacha.
Manzil: “Frankfort” mehmonxonasining anjumanlar zali (Toshkent sh., Ne’mat ko‘chasi, 4-uy)
Barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
(71) 207 47 00 (ichki: 228, 229, 243, 246), mob.: (99) 876 92 16, (90) 954 80 58