Ijtimoiy tarmoq orqali “Korzinka” supermarketi sotilayotgan ESSI brendi ostida yogurt mahsulotining ishlab chiqarish muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilgani, ya’ni ikki kun keyingi sana bilan savdoga chiqarilganligidan norozilik bildirib murojaat qoldirgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘mita “Milkolino Products” MChJ (ESSI brendi) bilan hamkorlikda mazkur holatga tegishli hujjatlar va videokamera yozuvlarini ko‘rib o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, sut va sut mahsulotlarining ishlab chiqarib, qadoqlangan sanasi bo‘yicha ketma-ketlikda savdoga chiqarish bo‘yicha mavjud tartib-qoidani buzgan xodim aniqlangan. Video yozuvlarda ushbu xodimning aybi bilan korxona omboridan yogurt mahsulotining ishlab chiqarilgan sanasiga mas’uliyatsizlik bilan qarab savdo shoxobchasiga jo‘natilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida quyidagi qoidalar berilgan:
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi mumkin.
Kompaniya tomonidan xatolikka yo‘l qo‘ygan xodim vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, savdo xodimlariga mahsulotlarni savdoga chiqarish qoidalari haqida tushuntirildi hamda ular uchun qo‘shimcha malaka oshirish darslari tashkil etildi.
Shuningdek, “Milkolino Products” MChJ mazkur holat uchun xaridorlardan uzr so‘ragan holda sut mahsulotlarini savdoga chiqarishni qat’iy nazoratga olganini bildirib o‘tdi.
Kompaniya ushbu muammoga yana-da aniqlik kiritish va ortiqcha olingan mablag‘ni qaytarish maqsadida fuqarodan murojaat qoldirilgan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanishini so‘rab qoladi.