“Sun’iy intellektni boshqarish: tartibga solish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va global strategiyalar” mavzusidagi xalqaro seminarning ikkinchi kuni xalqaro ekspert Olivier Proust tomonidan olib borildi.
Seminar doirasida
🔘yuqori darajadagi tavakkalchilikka asoslangan cun’iy intellekt tizimlari,
🔘sun’iy intellekt modellarini tartibga solish masalalari,
🔘sun’iy intellekt va kiberbarqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik,
🔘sun’iy intellektni tartibga solishning Yevropa Ittifoqi tajribasi,
🔘“Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi Qonun (EU AI Act) hamda GDPRning o‘zaro nisbati yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar so‘ngida fikr-mulohazalar almashildi va ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.








