Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida respublikamiz miqyosida faoliyat yuritayotgan tibbiyot muassasalarida tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi holatini tahlil qilindi.
Jumladan,
Navoiy viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tibbiyot muassasalarida (Tomdi tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Vagus” MCHJga tegishli tibbiyot markazi) 2023-2024-yil mobaynida tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik tekshiruvidan o‘tkazilmagan tibbiy sinash va o‘lchash vositalari qo‘llanilgan holda xizmatlar ko‘rsatilganligi aniqlandi
Jizzax viloyati misolida, viloyat hududidagi 5 ta davlat tibbiyot muassasalarida (“Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi”, “Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi”, “Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi”, “Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyat hududiy filiali” va “Jizzax viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi”) o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, jami 344 ta o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi bo‘yicha kamchiliklar aniqlandi.
Sirdaryo viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tuman tibbiyot birlashmalarida (Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi va Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi) aholiga o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tmagan tibbiy uskunalar orqali pullik xizmat ko‘rsatilganligi holatlari aniqlandi.
Toshkent viloyati misolida, viloyat hududidagi 4 ta tibbiyot (Toshkent viloyat Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi, Piskent tuman tibbiyot birlashmasi, Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi va Oqqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmalari) muassasalarida o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi holatlari aniqlandi.
Andijon viloyati misolida, viloyat hududidagi 5 ta davlat tibbiyot muassasalarida (“Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali”, “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filiali” hamda “Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1,2,7 son oilaviy poliklinika”) o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, jami 56 ta o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Namangan viloyati misolida, viloyat hududidagi 2 ta tibbiyot muassasalarida (Chust tuman tibbiyot birlashmasi hamda Pop tuman tibbiyot birlashmasi filiallari) o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2023-yil va 2024-yil 1-chorak davomi mobaynida o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi holatlari aniqlandi
Farg‘ona viloyati misolida, viloyat hududidagi 9 ta tibbiyot muassasalarida (Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filiali, Farg‘ona viloyati 2-sonli oftalmologiya shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmi-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati hududiy filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali, Farg‘ona viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya markazi, Farg‘ona viloyati Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali, Respublika Ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitlar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali, Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi, Rishton tumani tibbiyot birlashmalari) o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, o‘lchash va sinash vositalarini o‘z vaqtida metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagan tibbiy sinash va o‘lchash vositalaridan foydalanib jami 600 mingdan ortiq iste’molchilarga 300 mln so‘mga yaqin kafolatlanmagan xizmatlar ko‘rsatilganligi aniqlangan. Bu bilan tibbiyot maskanlari O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 12, 19, 20 va 27 moddalari talablariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qaroriga muvofiq yuqoridagi tibbiyot maskanlariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlik holatining bartaraf etilishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi hamda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 8 ta mas’ul mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rish yuzasidan tegishli tartibda sud organlariga yuborildi.