Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, AQSh Tovar fyucherslari tartibga solish komissiyasi, AQSh Savdo Vazirligi ekspertlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil qilingan Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminari bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tovar-xomashyo birjalari vakillari, hamda yirik tovar va xomashyo ishlab chiqauvchilari va brokerlar ishtirok etmoqda.