O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi (USAID) AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi hamda Tetra Tech kompaniyasi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Qo’mita raisi o’rinbosari B.Ummatov va Qo’mita mas’ullari, AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili – Jamila Amodeo xonim, Tetra Tech kompaniyasi vakillari, Energetika bo’yicha katta mutahassis – janob Matthesh Addison, loyiha konsultanti janob Fazilov, energetika sohasini tartibga solish bo’yicha mutaxassis-lektor Aslanoglou va loyihaning viloyatlar bo’yicha koordinatori janob Babayev qatnashdilar.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi doirasidagi “Elektr energiyasi bozori asoslari” mavzusida bo’lib o’tgan seminar treningda elektr energiya sohasida ulgurji bozorlari tashkil etilishi, raqobatni rivojlantirish, energetika sohasida bozorni tartibga soluvchi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan yetakchi xorijiy davlatlari tajribalari bilan o’rtoqlashildi.
Mazkur seminar natijalari yuzasidan kelgusida amaliy ishlarni oshirish bo’yicha hamda seminarlar doimiy o’tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.
Seminar qizg’in savol-javoblar asosida o’tkazilib, ishtirokchilar sohaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.