Mamlakat ilmiy hamjamiyati uchun nufuzli an’analardan biriga aylangan “Science and Innovation Awards – 2025” doirasida “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” nominatsiyasi bo‘yicha TOP-10 talik e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi ham o‘rin egalladi. Bu — markazning olib borgan ilmiy izlanishlari va amaliy natijalari yuqori baholanganidan dalolatdir.
Markaz tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, bozor tahlillari, xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodologiyalar, shuningdek, ilmiy hamkorlik va malaka oshirish dasturlari markazning yurtimiz va xalqaro ilmiy-ma’rifiy makonidagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Markaz jamoasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Ilm-fan, innovatsiya va adolatli raqobat tamoyillarini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi








