O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan savdo tarmoqlari vakillari bilan sohada kuzatilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Qayumov Asadulla O‘rolovich hamda Fransiyaning xalqaro Schiever kompaniyasi guruhiga mansub “bi1” do‘konlar tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida, mamlakatimizda iqtisodiyotda raqobatni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to‘laqonli o‘tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ushbu sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish hamda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, boshqa savdo tarmoqlari subyektlari o‘z muammo va takliflari bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.