SAVOL: Mahsulot qadog‘idagi belgilar nimani anglatishini bilasizmi?
JAVOB:
Mahsulot qadog‘ida yoki uning o‘ramidagi belgi va ramzlar iste’molchilar uchun mahsulotning u yoki bu xususiyatlari haqida, xususan uning ekologik tarkibi, tashish, saqlash va utilizatsiya qilish shartlari, qaysi materiallardan tayyorlanganligi va boshqa xossalari haqida xabar beruvchi belgilar hisoblanadi.
Foydali ma’lumot sifatida mahsulot qadog‘i yoki yorliqlaridagi eng keng tarqalgan belgilar va ramzlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
“Mahsulot ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati”
Ochiq qopqoqli dumaloq quti mahsulot ochilganidan keyin qancha muddat foydalanish mumkinligini bildiradi. Belgida ko‘rsatilgan raqam sanani bildiradi, “M” harfi “oy”ni bildiradi. Ushbu belgi ko‘pchilik hollarda kosmetika va antiseptik mahsulotlarining qadog‘ida qo‘llaniladi. |
|
Ochiq kitob belgisi
“Ochiq kitobni o‘qiyotgan qo‘l” belgisi – ishlab chiqaruvchi mahsulotni ishlatishdan oldin qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqishni tavsiyasi etayotganligini anglatadi. Odatda, bunday belgini murakkab tarkibli va bir necha bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarda ko‘rish mumkin. |
|
Zaharli bo‘lmagan material
Mahsulot qadog‘i yoki o‘rami (upakovkasi) va uning tarkibidagi materiallar oziq-ovqat mahsulotlari uchun xavfsiz ekanligini bildiruvchi belgi. |
|
Zaharli material
Yuqoridagi belgi, ammo ustidan chiziq tortilgan tasvir. Ushbu belgi iste’molchilarga mahsulot qadog‘i inson iste’mol qiladigan mahsulotlar uchun zararli ekanligi haqida ma’lumot beradi. Odatda belgi oziq-ovqat uchun mo‘ljallanmagan plastik idishlarda ko‘rsatiladi.
|
|
“Sog‘liq uchun zararli” belgisi
Odatda maishiy kimyo vositalari, xususan, idishlarni yuvish vositalarining qadog‘ida foydalaniladigan belgi. Bunday mahsulotlar bilan ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lish kerakligini anglatadi. |
|
Netto vazni
Netto vazn – mahsulotning tarasiz sof vazni. Agar belgi yonida raqam ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu mahsulotning brutto – mahsulotning qadoqlangan og‘irligini bildiradi. |
|
EXP |
Yaroqlilik muddati
Chet el mahsulotlarining yorlig‘ida ko‘pincha EXP belgisi mavjud, ushbu belgi inglizcha “expiration date” so‘zining qisqartmasi bo‘lib, mahsulotning yaroqlilik muddatini anglatadi. |
Harorat chegaralari
Harorat chegarasi mahsulotni saqlash mumkin bo‘lgan harorat chegaralarini belgilaydi. |
Yashil nuqta
Mazkur belgi ishlab chiqaruvchi ayrim chiqindilarni qayta ishlash jarayonini moliyalashtirishda ishtirok etishini bildiradi. Shuningdek, ushbu belgiga ega mahsulotlarni Germaniyaning “Eco Emballage ” (eko qadoqlash) dasturiga ko‘ra, qayta ishlash mumkinligini ham anglatadi. |
|
Qayta ishlanadigan plastik
Bu belgi plastik mahsulotlar yoki ularning qadog‘i sanoatda qayta ishlanishi mumkinligini anglatadi. Belgining ichida va uning yonidagi 1-7 raqamlari yoki harflar ular yaratilgan moddaning kodini bildiradi. |
|
Mebius halqasi
Mazkur belgi qayta ishlangan yoki qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan mahsulotni aks ettiradi. U ishlab chiqarish → qo‘llash → utilizatsiya qilish bosqichlarining uzluksizligini anglatadi. |
|
Axlatdonga tashlash
Belgi mahsulot qadog‘ini axlat qutisiga tashlash kerakligini qat’iy tavsiya etilishini anglatadi. |
|
Maxsus utilizatsiya
Atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun ushbu mahsulotni oddiy chiqindilardan alohida ajratish va xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda utilizatsiya qilish kerakligini hamda belgilangan yig‘ish punktiga topshirish lozimligini bildiradi. |
Ekologik belgilar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi PQ-476-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi” umumiy texnik reglamentga muvofiq, mahsulot yaxlitligini, ularni tashish va saqlashda ifloslanish va buzilishlardan himoyalanishini ta’minlaydigan qadoqva taralarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘ida foydalanilgan materiallar oziq-ovqat mahsulotlari uchun zararsiz ekanligini ko‘rsatadigan belgi hamda qadoq materialining raqamli kodi yoki maxsus harfli identifikatsiya belgisi bo‘lishi kerak.