FUQARODAN SAVOL:
– Kassaga puli to‘laguncha mahsulotni iste‘mol qilish mumkinmi?
JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 424-moddasida
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to‘langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan. Sotib oluvchi mulk huquqi o‘ziga o‘tguncha tovarni o‘zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas.
Topshirilgan tovarning haqi oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda to‘lanmaganda yoki mulk huquqi sotib oluvchiga o‘tadigan boshqa holatlar yuz bermaganda, sotuvchi sotib oluvchidan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli. https://lex.uz/docs/-180552
O‘zbekiston Respublikasi Chakana savdo qoidalarining 22-bandiga asosan (13.02.2003-yildagi VMQga 1-ilova)
Sotuvchi tomonidan xaridorga kassa yoki tovar cheki yoxud tovarning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat berilgan paytdan boshlab, agar sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida qonunda yoki shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, chakana oldi-sotdi shartnomasi zarur shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, xaridor uni to‘lagunga qadar va sotuvchi tegishli naqd pulni olib, savdo kvitansiyasini bergunga qadar mahsulot supermarketning mulki hisoblanadi. Shu bilan birga, agar biror kishi ochilgan qadoqni xarid qilishi niyatida savatga solsa, buning yomon tomoni bo‘lmaydi.