Savdo va transport xizmati sohasida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar Raqobat qo‘mitasi tomonidan batafsil o‘rganilmoqda.
Murojaatlarni hal etish jarayonida fuqarolar manfaati ustuvor ahamiyat kasb etayotgani natijasida ko‘plab masalalar o‘z yechimini topmoqda. Bu esa, qo‘mita faoliyatining ochiqligi va fuqarolar bilan muloqot samaradorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Jumladan,
🔘Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qonliko‘l tumanida istiqomat qiluvchi J.I o‘z uyiga Nukus shahrida joylashgan “MIR SOLAR ENERGY” MChJ tomonidan quyosh paneli o‘rnatganligini, lekin ma’lum vaqt o‘tgach quyosh paneli ishlamay qolganligi sababli, nosoz quyosh panelini qaytarib olishida va kreditini yopishda amaliy yordam berishni so‘rab hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Qo‘mita tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga quyosh panelini noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida yetkazilgan 1 mln so‘m zarar iste’molchiga to‘lab berilishi ta’minlandi.
🔘Samarqand viloyati
Fuqaro Sh.K “Malak farm” MChJdan dori vositasi xarid qilganligi, ammo ushbu mahsulot nojo‘ya ta’sir ko‘rsatganligi sababli foydalanmagan qismini xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qaytarib olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qoldirgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, “Malak farm” MChJdan xarid qilgan dori vositasiga to‘langan 214 ming so‘m mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarilishi ta’minlangan.
🔘Sirdaryo viloyati
Fuqaro A.Sh.ning Guliston shahrida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidan avtomobili uchun propan gaz ballon moslamasini o‘rnatganligini, biroq xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan sifatsiz ehtiyot qismlardan foydalanilganligi tufayli avtomobilda texnik nosozliklar kelib chiqayotganligini ma’lum qilib, mazkur nosozlikni bartaraf etib berilishi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga avtomobildagi nosozliklar bartaraf etib berilishi ta’minlandi.
🔘Surxondaryo viloyati
Termiz shahrida yashovchi fuqaro J.N Termiz shahrida joylashgan “CHERY” avtosalondan 173 mln so‘mga avtomashina xarid qilgani, biroq avtomashina nosoz holatga kelib qolganligidan noroziligini bildirib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaroga avtomobildagi nosozliklar bartaraf etib berilishi ta’minlandi.
🔘Toshkent shahar
Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G.M “KITPOINT” internet do‘konidan, ikkita bolalar ozuqa mahsuloti (Gerber kashasini) xarid qilganligi, xarid qilgan mahsulotlari xonadoniga yetib kelganida, bitta xuddi shunday bolalar ozuqasi sovg‘a sifatida qo‘shib jo‘natilganligi, ushbu mahsulotlar yaroqliligi muddati tekshirganida, 30.09.2025-yilga qadar ekanligidan e’tiroz bildirib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlar natijasida, fuqaro foydasiga yuqorida keltirilgan kamchiliklar bartaraf etib berilishi ta’minlandi.
🔘Toshkent viloyati
Fuqaro “IDEA” do‘konida o‘tkazilgan aksiyada ishtirok etib, aksiya bo‘yicha barcha shartlarni bajarganligini bildirgan, lekin 4 oydan beri aksiya doirasida va’da qilingan sovg‘ani ololmaganligidan norozilik bildirib, sovg‘ani olishda amaliy yordam berishini so‘rab hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlari natijasida, “IDEA CONCEPT GROUP” MChJ tomonidan va’da qilingan sovg‘a “televizor” murojaatchiga topshirilishi ta’minlandi.
🔘Xorazm viloyati
Shovot tumanida yashovchi fuqaro Q.A “URGANCH TECHNO PLAZA” MChJdan 7,8 mln so‘mga xarid qilgan “Beston” rusumli muzlatkichi kafolat muddatida maqbul kelmaganligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan o‘rganishlari natijasida, “URGANCH TECHNO PLAZA” MChJ tomonidan iste’molchiga muzlatkich mahsuloti yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.








