O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari joriy yilning 29 oktyabr- 18 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan «Rivojlanayotgan davlatlar uchun raqobat siyosati va qonun ustuvorligi» mavzusida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdilar.
Mazkur seminar davomida raqobat siyosati va bugungi kunda rivojlanib borayotgan raqamli bozorda raqobat muhitini ta’minlash bo’yicha Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi bilan amaliy va nazariy tanishdilar.