Respublikamizning qolgan hududlarida ham Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan sifatsiz hamda yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda savdodan olib tashlash ishlari davom ettirilmoqda.
Jumladan,
🟠Qashqadaryo viloyati misolida, Hududiy boshqarma tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatdagi barcha dehqon bozorlari hamda aholi gavjum joylarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda. Ushbu yarmarkalar doirasida sotilayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati va saqlash qoidalariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanib, mazkur masalalar doimiy nazoratga olinmoqda. Bu esa aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, Shahrisabz shahri hamda Kitob tumanida joylashgan Markaziy dehqon bozorida nazorat tadbir o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida tadbirkorlik subyektlariga yaroqlilik muddati o‘tgan va sifati talablarga javob bermaydigan mahsulotlarni savdoga chiqarmaslik bo‘yicha tushuntirish va profilaktik ishlar amalga oshirildi.
🟠Surxondaryo viloyati Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida Sariosiyo tumanidagi YATTga tegishli savdo do‘konida mahsulotlar yaroqlilik muddati o‘tgan holda sotuv rastasida turganligi aniqlandi. Natijada, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks”ning 178-moddasi 7-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
🟠Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro M.B. bir qator savdo do‘konlaridan xarid qilingan yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar bo‘yicha murojaat qildi. Holatlar o‘rganilib, bir necha tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, materiallar sud organlariga yuborildi.
🟠Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro F.B. savdo do‘konidan xarid qilingan xalva mahsulotining yaroqlilik muddati o‘tgani yuzasidan murojaat qildi. O‘rganishlar natijasida mahsulot “Yuldoshbek Ravshonbek” xususiy korxonasi tomonidan sotilgani aniqlandi.
Qonun talablari buzilgani sababli korxona mas’ul xodimlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, materiallar sud organlariga yuborildi.








