Raqobat qo‘mitasi vakolati doirasida reklama sohasida joriy yilning 9 oyi davomida olib borilgan 27 373 ta o‘rganishlarda 11 106 ta kamchiliklar aniqlangan. Quyida yuzaga kelgan holatlar yuzasidan Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelmoqda.
Andijon viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan olib borgan monitoring ishlarida “ANDIJON TIBBIY DIAGNOSTIKA” MChJ, “REAL INTELECT EFFECT” NTM, “ZAMON SILVER” MChJ hamda “BO`GISHAMOL GAVHARI” MChJlarning joylashtirilgan reklamalarida amaldagi qonun va qaror talablar buzilganligi aniqlandi.
Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “REAL INTELECT EFFECT” NTM va “ZAMON SILVER” MChJlarga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 23,24,25,26 va 47- moddalari talablari buzish alomatlari bilan ularga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, “ANDIJON TIBBIY DIAGNOSTIKA” MChJ va “BO`GISHAMOL GAVHARI” MChJlarga mazkur qonunning 25 va 26-moddalari talablari buzganligi uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Navoiy viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan 3 ta tadbirkorlik subyektlari – “NAVBAHOR CHICKEN FOOD” MChJ, “NAVOIY GOLD CHICKEN” OK, “CHASHMI-NUR NAVOIY” MChJlar tomonidan noqonuniy ravishda tashqi reklama vositalarini o‘rnatgan holda o‘z mahsulot va xizmatlarini reklama qilib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu tadbirkorlik subyektlarga nisbatan boshqarma Maxsus komissiyasining qarori bilan belgilab qo‘yilgan moliyaviy jarima qo‘llanildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan “NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MChJ, “KOKOBANGO” MChJ va “CHUST TANHO MMM” MChJlarga qarashli instagram ijtimoiy tarmoqlarida alkogol mahsulotlari, shuningdek, tamaki va nikotin iste’mol qilish moslamalarining reklama roliklari joylashtirilganligi aniqlandi.
Boshqarma Maxsus komissiyasining qaroriga asosan mazkur 3 ta korxona tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 38, 40-moddalari buzilgan deb topildi va ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Batafsil (https://telegra.ph/RESPUBLIKA-KESIMIDA-40-ga-YA%D2%9AIN-TADBIRKORLIK-SUBEKTLARI-TOMONIDAN-REKLAMA-T%D0%8E%D2%92RISIDAGI-%D2%9AONUN-TALABLARINI-BUZISH-%D2%B2OLATLARI-ANI%D2%9ALAN-10-10)