Respublika kesimida 20 ga yaqin subyektlarga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish alomatlari bilan tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi
Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklama materiallarining reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish ishlari natijasida, internet tarmoqlari hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklamalarining qonunchilik talablari buzilishga yo‘l qo‘ygan quyidagi subyektlar hududlar kesimida.
🔘Qoraqalpog‘iston Respublikasi – “VORIS GAZ OIL” MChJ;
🔘Xorazm viloyati – “OSTONA ASL BARAKA” MChJ;
🔘Buxoro viloyati – “OMAD BUKHARA MAJMUA” MChJ;
🔘Navoiy viloyati – “HUMOYUNSHOX HOTEL” MChJ;
🔘Samarqand viloyati – “NIGINA ISMATILLOYEVNA” XK;
🔘Surxondaryo viloyati – “Davr Bank” XATB Termiz BXM;
🔘Qashqadaryo viloyati – AJ “Infinbank” Qashqadaryo viloyati filiali hamda ABT “Tengebank” Qarshi BXM;
🔘Jizzax viloyati – “AZIZ OSMON SERVIS” MChJ;
🔘Sirdaryo viloyati – “TIRE WORLD” MChJ;
🔘Toshkent viloyati – “GGM AND JEM” MChJ, “IDEA CONCEPT GROUP” MChJ “MOON TRAVEL” MChJ;
🔘Namangan viloyati – “UMRA CONSALTING XIZMATI” MChJ, “AL-SAFO TOUR” MChJ.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarining Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzish alomatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq 17 ta subyektga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.