Respublika bo‘ylab savdo, transport, uy-joy va kommunal xizmatlari bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida
Nukus shahrida istiqomat qiluvchi K.B. Nukus shahridagi “IDEA CONCEPT GROUP” MChJ maishiy texnika do‘konidan “SMART TV 55” rusumli televizorni 8 mln so‘mga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan xarid qilgan.
Oradan 1 oy o‘tib televizor buzilib qolgan, shu sababli do‘konga murojaat qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Qo‘mita tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi natijasida, yangi televizor berilishi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Samarqand viloyati misolida
Fuqaro M.O‘ uy-joy sotib olish uchun “ELEGANT NEW DIAMOND CONSTRUCTION” MChJ bilan shartnoma imzolagan va 43 mln so‘m to‘lov qilgan. Shartnoma shartlari bajarilmagani sababli, kompaniyaga murojaat qilgan, ammo javob olmagan. Hududiy boshqarma tahlillari asosida shartnoma bekor qilindi va to‘langan pul fuqaroga qaytarildi.
Sirdaryo viloyati misolida
YATT “Zulponova Tamara” sartaroshxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi uchun “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ tomonidan asossiz qarz hisoblanganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Hududiy boshqarma aralashuvi natijasida 4,9 mln so‘mlik noreal qarz qayta hisob-kitob qilindi.
Surxondaryo viloyati misolida
Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.A “Uzum nasiya” ilovasi orqali televizor buyurtma qilgan, ammo yetkazib berilmagan. “Gran Tup” xususiy firmasi tomonidan mahsulot fuqaroga yetkazib berilishi ta’minlandi.
Toshkent shahar misolida
Qashqadaryo viloyatidan R.Sh. “BAHT MURODOVICH” MChJ orqali quyosh panellari xarid qilgan, lekin u nosoz holga kelgan. R.Sh. murojaatlariga javob ololmagan. Hududiy boshqarma tomonidan inverter yangisiga almashtirib berildi.
Toshkent viloyati misolida
Fuqaro YTHga uchragan va “Kapital Sug’urta” kompaniyasidan to‘lovni ololmagan. Hududiy boshqarma harakatlari natijasida 9 600 000 so‘m to‘lov qaytarib berildi.
Xorazm viloyati misolida
Fuqaro B.A. “TO‘MARIS NUR” do‘konida kofe sotib olayotganda rastadagi narxdan ikki barobar qimmat to‘latilgan. Hududiy boshqarma tomonidan qonunbuzarlik yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ko‘rsatma berildi.