Respublika bo‘ylab iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Raqobat qo‘mitasiga fuqaro S.A. tomonidan “ROODEL” MChJga tegishli bo‘lgan Lada vesta avtomashinasi bilan avto to‘qnashuv yuzasidan “Apex Insurance” MChJ kompaniyasi tomonidan “ROODEL” MChJ hisob raqamiga 6 700 000 so‘m sug‘urta puli o‘tkazilmagani to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur summa “ROODEL” MChJga o‘tkazilgani aniqlandi va fuqaroga tegishli pul mablag‘ining o‘z plastik kartochkasiga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Samarqand viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro N. Karimova tomonidan “Call-center” orqali murojaatida u “Sohibqirion Denta pharm” MChJdan “Strong Ag” dori vositasini asossiz ravishda 180 000 so‘mga qimmat narxga sotib olganini bildirgan.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur summa iste’molchiga to‘liq qaytarildi. Murojaat “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan ijobiy hal etildi.
Sirdaryo viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro M.Ubaydullayevadan “Uzum nasiya” ro‘yxatdan o‘tgan nasiya savdo bo‘yicha mahsulot xarid qilish uchun ariza topshirgan, lekin arizasi qanotlantirilmagan. Shundan so‘ng fuqaro qo‘shnisining akkaunti orqali mahsulot xarid qilgan va shu mahsulotga to‘lov qilib kelgan. Lekin oradan vaqt o‘tgach fuqaro o‘zi topshirgan arizaga ijobiy javob kelib mahsulot olmasa ham mahsulot uchun to‘lov olish bo‘yicha xabar kelayotganligi aniqlandi.
Hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, natijada shartnoma bekor qilindi va fuqaroga hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi.
Surxondaryo viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro A.O‘rolova tomonidan Angor tumanidagi maishiy texnika do‘konidan xarid qilingan kir yuvish mashinasi nuqsonli bo‘lgani sababli, uni yangisiga almashtirib berish to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida iste’molchining talabi qanoatlantirilib, nuqsonli texnika sifatlisiga almashtirildi.
Toshkent shahar misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro J.Q. “Media Park” savdo markazidan buyurtma qilgan havo sovutkich belgilangan muddatda yetkazib berilmagani yuzasidan murojaat qilgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, mahsulot iste’molchining yashash manziliga texnik soz holda yetkazib berilishi ta’minlandi.
Toshkent viloyati misolida
Hududiy boshqarmadan fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali “VisuCaps” ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, deb sotilgan vositani 1 300 000 so‘mga xarid qilgani, ammo mahsulot ta’siri sezilmagani sababli to‘langan pulni qaytarishda yordam so‘ragan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, “EUPHORIA GROUP” MChJ tomonidan kamchiliklar inobatga olinib, iste’molchiga
1 300 000 so‘m to‘lov qaytarilishi ta’minlandi.
Xorazm viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro Rustam Ismailov tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani va xizmat ko‘rsatilmagan oylar uchun to‘lovni qayta hisoblash to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, fuqaroga xizmat ko‘rsatilmagan davr uchun 176 000 so‘m mablag‘ “Toza Hudud” DM tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, murojaat ijobiy hal etildi.