Respublika bo‘ylab iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda
Andijon viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro U.M.N. “Apex Academic” o‘quv markazidan ta’lim sifati qoniqarli bo‘lmagani sababli to‘lagan 2 700 000 so‘m mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan murojaat o‘rganilib, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida 1 oylik kurs puli chegirilib, 2 500 000 so‘m mablag‘ iste’molchiga qaytarilishi ta’minlandi.
Buxoro viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro R.Allaquliyevdan “Ishonch telefoni” orqali gaz ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotgani haqida murojaat kelib tushgan.
Olib borilgan ishlar natijasida “Hududgazta’minot” tomonidan 520 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan asossiz qarz qayta hisoblanishi ta’minlandi. Murojaat ijobiy hal etildi.
Farg‘ona viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro Sh.Isamovdan “Biyron” mebel ishlab chiqarish korxonasiga 24,5 million so‘mlik stol-stul buyurtmasi berganligi, ammo mahsulot belgilangan muddatda yetkazilmaganligi to‘g‘risida murojaati kelib tushgan.
Boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida murojaat ijobiy hal etildi va buyurtma qilingan mebellar xaridorga yetkazilishi ta’minlandi.
Jizzax viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro Q.N. “Lux line” mebel do‘konidan 10 800 000 so‘mlik mebelga buyurtma berib, to‘lovni to‘liq amalga oshirgan, ammo shaxsiy sabablarga ko‘ra buyurtmani bekor qilganligi to‘g‘risida murojaat qilgan. Biroq , do‘kon va’da qilingan pulni qaytarmagan.
Boshqarma tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu summa iste’molchiga to‘liq qaytarildi. Murojaat “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida ijobiy hal etildi.
Namangan viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro T.B. “Idea” savdo do‘konidan muddatli to‘lovga muzlatgich sotib olish bo‘yicha tuzilgan shartnomani oilaviy sharoitiga ko‘ra bekor qilgani va mahsulotni olmaganligi, ammo do‘kon tomonidan qarzdorlik hisoblangani yuzasidan murojaat yo‘lladi.
Boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, do‘kon xodimlariga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirildi. Natijada shartnoma bekor qilinib, fuqaroning huquqi tiklandi.
Navoiy viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro K.N.ning o‘ziga tegishli “SENTOB STAR” MChJ faoliyati uchun “O’zbektelekom” AK tomonidan internet xizmati ulab berilmayotganligi yuzasidan murojaati kelib tushgan.
Natijada, “O’zbektelekom” AK G‘arbiy filiali bilan “SENTOB STAR” MChJ o‘rtasida internet xizmati uchun tegishli shartnoma rasmiylashtirilib, internet xizmati ulab berilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga Qamashi tumanida yashovchi fuqaro Z.Q. sotib olgan telefon apparati sifatsiz ekanligi sabab murojaat yo‘lladi va
olib borilgan o‘rganish natijasida fuqaro
1 100 000 so‘mga xarid qilgan telefon nosoz bo‘lgani va do‘konga qilgan murojaatlari natija bermagani aniqlandi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, do‘kon tomonidan fuqaroga to‘langan pul to‘liq qaytarildi.