Respublika bo‘ylab iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda
Andijon viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro Y.S tomonidan ariza kelib tushgan, murojaatda texnomart tomonidan ortiqcha olingan pul iste’molchiga qaytarib to‘lab berilmayotganligi keltirib o‘tilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan murojaatchiga qolgan 175 000 so‘m miqdoridagi ortiqcha to‘langan pul mablag‘i qaytarilish ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Buxoro viloyati misolida
Hududiy boshqarmaga fuqaro U.N “Ishonch telefoni” orqali qilgan murojaatida “Olcha,uz” internet do‘konidan buyurtma qilingan tovar yetkazib berilmagani va 620 000 so‘mga yaqin to‘lov puli qaytarilmayotganini bildirgan.
Hududiy boshqarma tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida “Olcha store” MChJ ushbu summa to‘lovini fuqaroga to‘liq qaytardi.
Farg‘ona viloyati misolida
D.T tomonidan hududiy boshqarmaga “Soxiba Fazilat” o‘quv markaziga to‘langan 480 ming so‘m to‘lov pulini qaytarish bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
O‘rganish jarayonida iste’molchining qonuniy huquqlari buzilgani aniqlanib, to‘lov puli to‘liq qaytarib berildi.
Jizzax viloyati misolida
Fuqaro X.G. “Badavlat ayol” loyihasida ishtirok etish doirasida Uzum nasiya platformasida tuzilgan 1 150 000 so‘mlik shartnomani bekor qilish bo‘yicha hududiy boshqarmaga murojaat qildi.
O‘rganish natijasida iste’molchining murojaati qonuniy deb topilib, shartnoma bekor qilindi.
Namangan viloyati misolida
Uychi tumani fuqarosi tomonidan “Eyfariya” kompaniyasidan sotib olingan biologik faol qo‘shimcha mahsuloti natija bermagani sababli, hududiy boshqarmaga murojaat qilindi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida kompaniya xodimlariga qonun talablari tushuntirildi. Natijada, iste’molchi to‘lagan 680 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarildi.
Navoiy viloyati misolida
Fuqaro N.K Ziffler rusumidagi muzlatkichni sotib olgach, unda texnik nosozlik aniqlangan. Savdo majmuasi va servis markaziga qilingan murojaatlar natija bermaganidan so‘ng, fuqaro Prezident “Ishonch telefoni” orqali yordam so‘ragan.
Murojaat hududiy boshqarma tomonidan o‘rganilib, qonun talablari tushuntirilganidan so‘ng, muzlatkich yangisiga almashtirib berildi.