Respublika bo‘ylab ichimlik suvi, suyultirilgan gaz va oqova suv xizmatlari bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, ularning huquqlari himoya qilinmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qo‘mitaga Elliqqal’a tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z. o‘z murojaatida yashab turgan ko‘chasiga kelib turgan ichimlik suvi loyqaligi va iflos holatda ekanligini ma’lum qilgan hamda suvning sifati tekshirilishida amaliy yordam so‘ragan.
Masalani o‘rganish maqsadida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ichimlik suvi namunasi olib laboratoriyada tahlil qilinganda ichimlik suvining sifati davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Qo‘mita tomonidan yuzaga kelgan holat yuzasidan “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJga 434 nafar iste’molchiga iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun hisoblangan 450 172 so‘mni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Namangan viloyat
Hududiy boshqarma “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifati aniqlash yuzasidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati Kosonsoy tuman bo‘limi laboratoriyasida nazoratdan o‘tkazilganda uni davlat standartlariga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Bu bilan 2025-yilning birinchi choragida Kosonsoy tumanidagi 3 187 nafar iste’molchiga 19,1 ming m³ sifatsiz ichimlik suv yetkazib berilgan.
Natijada, “Namangan suv ta’minoti” AJga 74,8 mln so‘mni iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilib, ijrosi nazoratga olindi
Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarma 1 300 ga yaqin iste’molchilar yetkazib suyultirilgan gaz yetkazib berishda kechiktirilayotgani va sifati pastligi bo‘yicha tushgan murojaatlar asosida o‘rganishlar olib borganda “Hududgaz Qashqadaryo” AJ faoliyatida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mazkur gaz ta’minoti idorasiga tegishli ko‘rsatma berildi.
Samarqand viloyati
Hududiy boshqarmaga “Samarqand ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi”dan kelib tushgan murojaatda