O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “XXI asr” gazetasining 2024-yil 20-iyul kuni 25-sonida e’lon qilingan “Reklama – faqat pul topish vositasi…mi? Yoxud ulardagi til va tasvir masalasiga qachon e’tibor qaratamiz?” sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidani quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish taqiqlanadi.
Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamani amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan doimiy ravishda o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda.
Xususan, reklamalarda davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma’naviyatning umume’tirof etilgan normalariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘rganishlar davomida 1262 ta holatda turli kamchiliklar aniqlangan hamda ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
O‘z navbatida, reklamalarning tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qilishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini keng qo‘llash maqsadida Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi bilan respublika hududlaridagi tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilgan reklamalarning milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan mutaxassis xulosasini olish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shu asosida, Qo‘mita tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashtirilgan reklamalarning milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan Ma’naviyat va ma’rifat markazidan 70 ta holat bo‘yicha eskpert xulosasi olingan.
Olingan xulosalar asosida 103 ta holat bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etilgan hamda reklama bozori subyektlariga 90 dan ortiq ogohlantirish xatlari kiritilgan.
Qo‘mita tomonidan yuqoridagi chora-tadbirlar, o‘rganish va profilaktika tadbirlari davom ettiriladi.
Bundan tashqari, telekanallar huzurida Badiiy kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu Badiiy kengashlarning asosiy vazifalaridan biri, efir uchun tayyorlangan media (reklama) mahsulotlarining reklama va boshqa qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish hamda ushbu roliklarni efirga joylashtirsh uchun tavsiyalar berish hisoblanadi.