Reklama qonunchiligi talablari buzilganligi uchun “UB MUSTERIOIS ASIA” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi
Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarning elektron onlayn bronlash tizimlarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri, tushunarli va asosli ekanligi o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar natijasida ayrim mehmonxonalar tomonidan iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etish holatlari aniqlandi. Xususan, Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan “UB MUSTERIOIS ASIA” MCHJga qarashli mehmonxona tegishli ruxsat beruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmasada, turli onlayn bronlash platformalari orqali mehmonxona xizmatlarini taklif qiluvchi reklamalarni joylashtirganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “UB MUSTERIOIS ASIA” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzish alomatlari asosida ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.








