Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tibbiyot instituti tomonidan “Aqlli issiqxona” (vertikal ko‘p bosqichli yashil ekinlarni yetishtirish uchun konteyner turi) xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 8,6 mlrd. so‘mlik tender yuzasidan ma’lumotlar e’lon qilingan.
Ushbu tender yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan murojaatga asosan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish natijasida Buxoro tibbiyot instituti tomonidan tender savdosini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari aniqlanib, tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.