Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar tomonidan hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda, o‘rganib muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruhi tashkil etildi.
Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, O‘zenergoinspeksiya, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ vakillari jalb qilingan.
Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Hurmatli iste’molchilar sizda ham yuqoridagi kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lib, o‘z yechimini topmayotganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.