“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Navbatdagi noinsof qurilish firmasi!!!” deb nomlangan sahifa ostida Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Gulobod mahallasi, “Roaf Art House” MCHJ qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma talablariga binoan 2021-yilda topshirilishi belgilangan.
Ammo, xonadonlar o‘z egalariga topshirilmasdan kelinmoqda va fuqarolar mazkur qurilish firmasi rahbariyati bilan muzokara qilish uchun ularning ofisiga tashrif buyurganida, ushbu qurilish firmasi ko‘rsatilgan manzilda allaqachon faoliyat yuritmayotganligi va telefon raqamlari o‘chirilganligi aniqlangan.
“Roaf Art House” MCHJ qurilish tashkilotidan jabr ko‘rgan fuqarolar ko‘p yillardan buyon ijarada yashab kelishga majbur bo‘lib kelmoqda va oxirgi umidi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ekanligini bildirib, unga video orqali murojaat qilishmoqda hamda amaliy yordamga muxtojligi to‘g‘risida bayon qilingan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5511-sonli Farmoni va Toshkent shahar hokimining 2019-yil 23-avgustdagi 1164-sonli qaroriga asosan “Roaf Art House” MCHJga Shayxontohur tumani, Gulobod ko‘chasi, 234-uy hududida ko‘p qavatli turar-joy kompleksini qurish uchun maydoni 0,45 gektarli yer uchastkasi ajratilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur o‘rganish davomida “Roaf Art House” MCHJ tomonidan Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Gulobod ko‘chasi, 234-uyda joylashgan Ko‘p qavatli turar joy binosi qurilish ob’yektida Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi loyiha smeta-hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan berilgan 02.07.2020 yildagi 31-1257a-sonli ijobiy xulosasi va “Shaharsozlik hujjatlari inspeksiyasi” DUKning 09.09.2020 yildagi 212-sonli yig‘ma ekspertiza xulosasi talablariga zid ravishda 10-qavat ustiga qo‘shimcha 1 qavatni hech qanday hujjatlarsiz qurilish ishlarini boshlab yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti 5-ilovasi, 5-bandida qurilish obyektini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish taqiqlanganligi asosida Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan jamiyatga qurilish ishlarini zudlik bilan to‘xtatish to‘g‘risida bir necha bor bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.
“Roaf Art House” MCHJ tomonidan ushbu qonuniy talablar bajarilmaganligi sababli, Inspeksiya tomonidan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo Sudiga da’vo kiritilib, Sudning 2024-yil 4-martdagi qaroriga asosan Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Gulobod mahallasi, “Roaf Art House” MCHJning ushbu qurilish ob’yektida loyihadan tashqari 10-qavat ustiga qurilayotgan 1 qavat buzib tashlanishi va qurilish-montaj ishlari to‘xtatilishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “Roaf Art House” MCHJga ushbu qonuniy talablar bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgani ma’lum bo‘ldi.