Ijtimoiy tarmoq orqali (https://t.me/revizor_uzb) “O‘zbektelekomcha tender” sarlavhasi ostida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaatda joriy yilning 12-mart kuni “O‘zbektelekom” AJ tomonidan “O‘zMobayl” filialining mahsulot va xizmatlarini reklama qilish, grafik dizaynlar hamda kreativ g‘oyalar ishlab chiqish uchun boshlag‘ich summasi 494,9 mln so‘mlik tender e’lon qilingan. (https://etender.uzex.uz/lot/338410). Ushbu tenderda o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari “WE ARE DIGITAL” va “SYNDICATE PR AGENCY” MCHJlar ya’ni ikkita ishtirokchi qatnashganligi va bu ikkala firma ham bir kishiga qarashli ekanligi tanqid qilingan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida mazkur lotga doir ma’lumotlar o‘rganganida, tanlov ishtirokchilari bo‘lgan g‘olib – “WE ARE DIGITAL” MCHJning 25 foizlik ulushi “LOCKHARD GROUP” MCHJga tegishli bo‘lib uning 100 foiz ulushi va mag‘lub — “SYNDICATE PRAGENCY” MCHJning rahbari va yagona ta’sischisi bir kishi ekanligi va o‘zaro affillanganligi hamda “WE ARE DIGITAL” va “SYNDICATE PR AGENCY” MCHJlar ishtirok etgan g‘olib va mag‘lub jamiyatlarning joylashgan manzili bitta ekanligi aniqlangan. Bu bilan “O‘zbektelekom” AJ O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi (O‘RQ-850) Qonuning 29-moddasi ikkinchi qismi, ikkinchi va to‘rtinchi xatboshisi hamda to‘rtinchi qismi, to‘qqizinchi xatboshi talablarini buzganligi o‘z tasdiqg‘ini topgan. Shuningdek, “O‘zbektelekom” AJga nisbatan bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.