Qo‘mita tomonidan Kun.uz rasmiy axborot saytida 2024-yil 16-apreldagi e’lon qilingan maqolada keltirilgan bir guruh tadbirkorlarning murojaatiga asosan,
import qilinayotgan lift va lift uskunalarining respublika bojxona postlaridan o‘tkazilishining to‘xtatilishi va bunda ushbu tovarlarga berilgan muvofiqlik sertifikatlarining bekor qilinganligi holati o‘rganilmoqda. Shu munosabat bilan, vakolatli organlar bilan birga quyidagilar amalga oshirilmoqda.
Jumaldan:
- Bojxona qo‘mitasi tomonidan import qilingan lift va lift uskunalarining bojxonadan o‘tkazishni qachondan boshlab to‘xtatilganligi va to‘xtatib qo‘yilishining asoslari va sabablari;
- liftlarga berilgan muvofiqlik sertifikatlarini bekor qilishga asos bo‘lgan normativ-huquqiy yoki boshqa hujjatlar;
- liftlarga berilgan muvofiqlik sertifikatlarini bekor qilinganligi haqida ularni import qiluvchi tadbirkorlarga bu haqida ogohlantirishlar berilganligi yoki yo‘qligi;
- import qilinayotgan lift va lift uskunalarining bojxonadan o‘tkazishni to‘xtatish to‘g‘risidagi talablarning raqobat muhitiga ta’siri;
- yuzaga kelgan muammoli holatni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masalada Qo‘mita tomonidan amalga ishirilayotgan ishlar yakuni bilan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilinadi.