Ijtimoiy tarmoqda https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/801998 4948028776 Yunusobod tumani, 4-mavzesida joylashgan Madad Pharm dorixonasidan “Энтерол“ (порошок дозированный для приготовления раствора для перорального применения 250 мг пакетики) dori vositasini arzon apteka bot orqali topib, dorixonaga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu dori vosirasi sotuvda hali ham borligini va narxi so‘ralganida, sotuvda borligi va narxi 159 000 so‘m ekanligi aytilgan, fuqaro ushbu dorixonaga dori vositasini xarid qilish uchun borganida, boshqa sotuvchi tomonidan 320 000 so‘m ekanligi aytilganligidan norozilik bildirib, ushbu dori vositasini boshqa dorixonadan 78 000 so‘mga xarid qilganligi sarlavhasi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2019 yildagi PQ-4554-son qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan boshlab tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarining referent narxlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ariza beruvchining tegishli ariza taqdim etishidan qat’i nazar qayd etish belgilangan.
Ijtimoy tarmoqda keltirib o‘tilgan dori vositasi https://uzpharminfo.uz tizimida “Энтерол” (порошок дозированный для приготовления раствора для перорального применения 250 мг пакетики) vositasi uchun belgilangan referent narx 72 ming 859,44 so‘m etib belgilanganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2016-yildagi PQ-2647-son qarorining 7-bandiga muvofiq, Qo‘mitaga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosida belgilangan ustamalarga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 13-moddasida talablariga koʻra, Iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini, kafolat muddati belgilangan tovarlar boʻyicha esa, tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar taqdim etgan taqdirda koʻrib chiqilishi qonun bilan belgilab qo’yilgan.
Ushbu Qonun ijrosini taminlash maqsadida fuqaro B.Umarovga Qo‘mita masul xodimi telefon orqali bog‘lanilib suhbatlashilganida, dori vositasini xaridi uchun berilgan tovar chekini o‘zida saqlab qolmaganligi bildirilgan, shu sababli fuqaroga kelgusida biror bir dori vositasining sotib olishda e’tirozlari bo‘lgan taqdirda, tovar sotib olinganligini tasdiqlovchi kassa yoki tovar cheki bilan Qo‘mitaga (1159) murojaat qilsalar, qonunchilik talablari doirasi ko‘rib chiqilishini va o‘rganish natijalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu talablar buzilganligi holati tasdiqlanganda belgilangan tartibda iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilishini bo‘yicha huquqqiy tushuntirish berilib o‘tildi.