Ijtimoiy tarmoq orqali
(https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7845597442134195) Iltimos aytolmaysizmi?
Bizda Tibbiyot tovarlari narxini nazorat qiladimi? (Kalimin 60N, 60 mg, tab. №100 dori vositasi ) mavzusida murojaat qoldirgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijtiomiy tarmoqlarda “Kalimin” dori vositasining narxi 182550 so‘mdan 680 ming so‘mgacha sotilayotganligidan norozilik bildirilgan murojaat ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Kalimin 60 N (Kalymin 60 N) dori vositasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi, ushbu dori vositasiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi 213-son qarori bilan tasdqilangan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga muvofiq, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra amal qilish muddati besh yil bo‘lgan guvohnoma beriladi, 7-bandiga muvofiq, guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda 3242-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, referent narx shakllantirish tizimi O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining:
4-moddasiga asosan, iste’molchilar, tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi va tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi huquqlariga ega;
23-moddasiga asosan, davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kalimin 60 N (Kalymin 60 N) dori vositasi respublikamizda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi, ushbu dori vositasiga referent narx shakllanmaganligini sababli sifati kafolatlanmagan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalarini sotilishi yuzasidan litsenziya talablari bo‘yicha chora ko‘rish uchun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga murojaat etishlari maqsadga muvofiqligini bildiramiz.