Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7819029291457677/
“Toshkent shahridagi xalq tilidagi “Malika” savdo majmuasidagi V49-sonli do‘kondan mikroto‘lqinli pech xarid qilgan, tovar nosoz chiqqani sabab servis markazi bilan bog‘langani, ammo muammo hal bo‘lmayotgani yuzasidan” iste’molchi shikoyat qoldirgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilaro huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Murojaat Raqobat qo‘mitasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganilganda iste’molchi xaprid qilgan mikroto‘lqinli pech nosoz chiqqanligi sabab iste’molchi undan foydalana olmagan. Xarid qilgan jihozini kafolat muddatida “Midea” firmasining servis markazi nosozlikka elektr energiyasi quvvatining me’yorda bo‘lmagan, degan taxminlar bilan pechni ta’mirlashni rad etgan.
Iste’molchining “Hudud elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali Yashnobod tuman elektr ta’minotiga bu haqda qilgan murojaati yuzasidan mutaxassis mazkur holat joyida o‘rganib chiqqan. Xususan, joriy yilning 24-26 yanvar kunlari iste’molchi xonadonida kuchli muvozanatda o‘zgarishlar ya’ni elektr quvvati ortmagan va kamayishi sodir bo‘lmagan degan xulosa berilgan.
Birin-ketin qilingan murojaatlardan so‘nggina servis xizmatidan mutaxassis kelgan va tovarning kafolat muddatiga qaramay, turli bahonalar bilan ko‘rsatgan xizmatlari uchun qo‘shimcha haq olgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas belgilab berilgan.
Qo‘mita tomonidan servis firmasi xodimiga mavjud qonun-qoidalar haqida tushunchalar berib o‘tildi. O‘rganish natijasida iste’molchidan olingan qo‘shimcha 1 mln 130 ming so‘m qaytarilishi ta’minlandi.