O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi (@Kompor.uz) ijtimoiy tarmog‘ning telegram kanali orqali “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdosini o‘zlarining hamtovoqlariga 100 % noqonuniy tartibda hal etishdi” deb nomlangan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Monitoring davomida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan korxonada vaxta usulida ishlayotgan ishchi xizmatchilarni 3 mahal issiq ovqat bilan ta’mminlash bo‘yicha va oziq-ovqat xarajatlar zaxirasini 3-chorak davomida ta’minlash bo‘yicha 16.01.2024-yilda o‘tkazilgan tanlov savdosida “YANGIQO‘RG‘ON TUYAQUSHLARI” FX (1 295,6 mln so‘m), “MARJON TEKS SAVDO” MChJ (1 242,3 mln so‘m) va “GOODNESS IMPORT-EXPORT” MChJ (1 330,0 mln so‘m) tomonidan tanlov takliflari topshirilgan bo‘lib, komissiya tomonidan “YANGIQO‘RG‘ON TUYAQUSHLARI” FX g‘olib deb topilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan mazkur tanlov savdosi yakuni bo‘yicha shartnoma shakllantirilmaganligi, tanlov savdo natijasi bo‘yicha yetkazib beruvchilar tomonidan tanlov savdo natijasi bekor qilinganligi hamda ushbu tender savdolari o‘tkazilmaganligini ma’lum qilamiz.
Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli topshirig‘iga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlarda qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borilmoqda.