Ijtimoiy tarmoqlarda “Kitchen Systems do‘koni tomonidan rasmiy saytlari orqali aksiyali bo‘limida sotilayotgan mahsulotlarning narxlari 0 so‘m etib ko‘rsatilganligi” – jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasi “Kitchen Systems» do‘koni “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunchiligi talablariga rioya qilinganligi yuzasidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qiladi.
Ma’lumot uchun. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart;
Tovar (ish, xizmat) haqidagi ma’lumotda uning narxi (tarifi) va sotib olish shartlari ko‘rsatilishi shart.
O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.