Ijtimoiy tarmoq orqali https://t.me/NazoratUz/22585 “Bilol’s Motors” avtosaloni shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortayotgani, xodimlar mijozga qo‘pol muomala qilayotgani aytilmoqda” mazmunida murojaat qoldirilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘rganishlar davomida “Bilol Motors” nomli avtosalonga fuqaro D.T. avtomobil uchun to‘lov qilgani, biroq avtosalon shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortayotgani, xodimlar mijozga qo‘pol muomala qilgani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘mita tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunining 4 va 6-moddalarining shartlari ushbu avtosalon tomonidan bajarilmaganligiga aniqlik kiritilishida jamiyatga so‘rov xati yuborilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan “Bilol Motors” nomli avtosaloniga joriy yilning 23- oktabridagi so‘rov xati yuborilgan va jamiyat tomonidan 2023-yil 4-dekabrdagi javob xati Qo‘mitaga taqdim etilgan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, jamiyat tomonidan “Chevrolet Monza” nomli avtomobil 59-sonli tuzilgan shartnomaga muvofiq 2023-yil 10-oktabr kuni D.Turapovga topshirilganligi bildirilgan.