O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi @telegraf_uzb ijtimoiy tarmog‘ida yoritilgan “Davlat raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash taklifi bilan chiqdi.” – mavzusidagi maqolani ko‘rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlarida reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mos kelmaydigan reklama tarqatganlik uchun jarimaga solish bo‘yicha qoidalar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1781-moddasida Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilishi belgilangan bo‘lib, ushbu moddaning ikkinchi qismida fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik–bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
1781-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, reklama O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatilishi reklama qonunchiligi talablaridan biri hisoblanadi va ushbu qonunchilik talabini buzilishi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1781-moddasida nazarda tutilgan jarima solishga sabab bo‘ladi.
Biroq, reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzilish holatlarini amaliyotda ko‘rib chiqilishida yuqoridagi normalarni qo‘llashda reklama sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarida bir qancha tushunmovchilik yuzaga kelgan.
Jumladan, reklamaning davlat tiliga doir talablariga rioya etilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida bevosita ko‘rsatilmaganligi bois huquqni qo‘llash amaliyotida normalarning turlicha talqin etilishi oqibatida davlat tiliga doir talablariga rioya etmaslik davom etmoqda.
Shunga ko‘ra, mazkur normaning qabul qilinishi reklamaning davlat tiliga doir talablarni buzganlik alohida ajratib ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holatda Qo‘mita tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun – 7 sutka ma’muriy qamoq jazosini qo‘llash taklif etilayotganligi haqida xabarlar asossiz ekanligini bildiramiz.
Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan va quyidagi https://regulation.gov.uz/uz havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.